VETILOZIN – 50; 200

«Vetilozin-50» va «Vetilozin-200» – 1 ml preparatning tarkibida mos holda 50 mg va 200 mg tilozin, shuningdek qo’shimcha moddalar mavjud.

Preparat shaffof, ko’rinuvchan mexanik aralashmalari bo’lmagan, rangi och sariq rangdan sariq ranggacha bo’lgan steril eritmadir.

«Vetilozin-50» va «Vetilozin-200» shisha yoki polimer idishlarga 10, 20, 50, 100, 200 va 250 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

Preparatlar ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha) quruq, qorong’i joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. Belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda saqlash muddati – 2 yil.

Tilozin ko’pchilik gram-musbat va ba’zi gram-manfiy bakteriyalar, shu jumladan streptokokklar, leptospiralar, korinebakteriyalar, klostridiyalar, erizipelotrikslar, pasterellalar, xlamidiyalar, xiodizenteriya treponemalari, spiroxetalar va mikoplazmalarga nisbatan faol ta’sir ko’rsatadi.

Mushak ichiga kiritilganda antibiotik organizm bo’ylab tez tarqaladi va kiritilganidan keyin taxminan 1 soat o’tganda to’qimalar ichida maksimal konsentratsiyalariga yetadi. Antibiotikning to’qimalar ichidagi davolovchi miqdori darajasi kamida 20 soat davomida saqlanadi. Organizmdan asosan siydik bilan, emizuvchi hayvonlarda esa sut bilan birga ham chiqariladi.

Preparatlar hayvonlarda mushak ichiga, sutkasiga 1 marta, 3 kun davomida quyidagi dozalarda qo’llanadi (hayvonlarning 1 kg tana vazniga hisobida):

Hayvonlar turi Preparatlarning dozasi
Vetilozin-50 (ml/kg) Vetilozin-200 (ml/kg)
Yirik qoramol 0,8-2,0 0,2-0,5
Qo’ylar, echkilar 1,0-2,0 0,25-0,5
Cho’chqalar 0,4-2,0 0,1-0,5
Itlar va mushuklar 0,4-2,0 0,1-0,5

Preparatlar yirik qoramol va mayda shoxli mollarda, cho’chqalar, itlar va mushuklarda respirator kasalliklarda (rinitlar, tonzillitlar, laringitlar, bronxitlar, pnevmoniya va hokazo kasalliklarda); yirik qoramolda mastitlarda; cho’chqalarning enzootik pnevmoniyasi, artritlari, dizenteriyasi, atrofik rinitlari va yolin kasalliklari holatida; qo’ylar va echkilarning yuqumli sutsizligida (agalaktiya), yirik qoramol va mayda shoxli mollarda kampilobakterioz (vibrioz) holatida; panaritsiylar, bakterial kelib chiqishdagi otitlarda va yuqtirilgan yaralarda; buzoqlar va sigirlarning yuqumli kon’yunktivitlarida, shuningdek virusli kasaliklarda ikkilamchi bakterial yuqumli kasalliklar holatida davolash vositasi sifatida qo’llanadi.

Kamdan-kam hollarda cho’chqalarda eritema, qichishish, respirator alomatlari, yengil shishlar va to’g’ri ichakning ozgina chiqib qolishi shaklidagi allergik reaksiyalar bo’lishi mumkin, ular preparatni qo’llash to’xtatilganidan keyin tez o’tib ketadi. Yirik qoramolning nafas olishi va tomir urishi tezlashishi mumkin.

MAN ETILGAN HOLATLAR: Tilozinning kuchli ifodalangan antibakterial ta’siri tufayli, preparatni penitsillin bilan (ayniqsa ampitsillin va oksatsillin bilan), sefalosporinlar va linkomitsin bilan bir vaqtda qo’llash, shuningdek preparatning tarkibiy moddalariga yuqori sezgirlik bo’lganda, qo’llash tavsiya etilmaydi. Preparatning otlar uchun qo’llanishi tavsiya etilmaydi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: Qo’ylar, echkilar va cho’chqalarga bir joyda 5 ml dan ortiq, yirik qoramolga esa 10 ml preparatdan ortiq kiritish, shuningdek bitta shpritsning ichida boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi. Vazni 80 kg dan ortiq bo’lgan yirik qoramolni, vazni 10 kg dan ortiq bo’lgan boshqa hayvonlarni davolash uchun Vetilozin-50 dan foydalanish maqsadga muvofiq emas.

Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni kiritish to’xtatilganidan keyin 8 sutka o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun, go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Davolash davrida va preparatni oxirgi kiritishdan keyin 4 sutka o’tishidan avval hayvonlardan olingan sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. Bunday sut hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatilishi mumkin.