MASTISAN-Е

«Mastisan-E» – majmuaviy preparat bo’lib, uning tarkibida o’simlik moyida suspenziyalangan eritromitsin, sulfadimezin, asalari mumi mavjud. Preparatning bir dozasi (5 ml) – tarkibida 112,5 mg eritromitsin va 0,4 g sulfadimezin mavjud.

«Mastisan-E» – gomogen, moyli, saqlash davomida qat-qat ajraluvchan suspenziyadir.

Preparat 100,0 va 200,0 ml lik shisha flakonlarda yoki 5 dan 20 ml gacha sig’imdagi tyubiklarda ishlab chiqariladi.

Preparat ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha) quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, 0°C dan +20°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. Belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda saqlash muddati – 18 oy.

Preparat ko’pgina gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga ta’sir ko’rsatadi, antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarning shakllari rivojlanishini oldini oladi, yelin to’qimalarining regeneratsiyasiga yordam beradi.

Preparatni kiritishdan avval kasallangan yelin choragidan sut sog’ib tashlanadi, emchak esa dezinfeksiyalanadi. Tyubik yoki flakonning ichidagi dori 36°C - 39°C gacha isitiladi, bir jinsli muallaq eritma olinguncha yaxshilab chayqatiladi va kasallangan yelin choragiga emchak yo’li orqali preparatli tyubik ustiga burab o’rnatiladigan yoki shprits kanyulyasiga kiydiriladigan elastik plastmassa kateter yordamida kiritiladi.

Preparat kiritilganidan keyin kasallangan yelin choragining emchagini pastdan tepaga ozgina uqalanadi. Preparat kasallikning og’irligiga qarab, 5 dan 10 ml gacha miqdorda kiritiladi. Zarur bo’lganda preparatni kiritish sut emizuvchi sigirlarga har 12 soatdan keyin, sut bermaydigan sigirlarga - har 24 soatdan keyin qaytariladi.

Davolash kursi – 2-3 kun. Zarur bo’lganda davolash to’liq tuzalmaguncha qaytariladi. Yelin terisi va emchaklarning shilliq pardalari travmatik jarohatlarini davolash preparatni jarohatlangan joyga surtish orqali amalga oshiriladi.

Preparat yelin yallig’lanishlarining har xil shakllarini, yelin terisi va emchaklarning travmatik jarohatlarini davolash uchun qo’llanadi.

Kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar kuzatiladi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar –preparatning tarkibiy moddalariga individual yuqori sezgirlik hisoblanadi.

MAHSUS KO’RSATMALAR: Davolash paytida kasallangan yelin choraklaridan sut alohida idishga sog’ib olinadi, zararsizlantiriladi va yo’q qilinadi. Qolgan yelin choraklaridan sut qaynatilganidan keyin hayvonlarga yediriladi.

«Mastisan-E» bilan davolangan yelin choraklaridan olingan sut, preparatning oxirgi kiritilishidan keyin 5 sutka o’tganda, mastitning klinik alomatlari to’liq yo’qolganligi sharti bilan (rangli reaksiya sinamasi va tindirish sinamasi bo’yicha sutning normal xususiyatlariga erishganda) kishilar uchun oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Davolash davrida so’yilgan hayvonlarning go’shti, brakka chiqariladigan yelinidan tashqari, cheklovlarsiz oziq-ovqat maqsadida ishlatiladi.