Antibiotik florfenikol keng antibakterial ta’sir etish doirasiga ega va gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlar Staphylococcus spp., Streptococcus spp., Escherichia coli, Salmonella spp., Pasteurella multocida, Haemophilus spp., Proteus spp., Enterobacter spp., Shigella spp., Klebsiella spp., Bordetella spp., shuningdek Mycoplasma spp. larga nisbatan faol ta’sir etadi.Florfenikol atsetiltransferazani ishlab chiqaradigan va xloramfenikolga (levomitsetinga) chidamli bo’lgan bakteriyalar shtammlariga nisbatan faol ta’sir etadi.
Og’iz orqali ichilganda florfenikol oshqozon-ichak tizimidn tez so’riladi va organizmning ko’pchilik a’zolariga va to’qimalariga yaxshi kirib o’zlashadi. Parrandalarda florfenikolnig og’iz orqali ichilganda bioo’zlashuvchanligi 55% ni tashkil qiladi. Ichimlik suvi bilan ichilganda parrandaning organizmida florfenikolning terapevtik konsentratsiyasiga 20 daqiqadan keyin erishiladi va parrandaning a’zolarida va to’qimalarida 24 soat davomda saqlanadi. Florfenikol parrandaning organizmidan asosan o’t bilan va najas bilan ajralib chiqadi.




