Enrofloksatsin ftorxinolonlar guruhiga kiradi, mikroorganizmlarda olma kislotasining biosintezini ingibirlaydigan DNK-giraza fermentiga ta’sir etadi, bu esa ularning morfologik o’zgarishlarini va o’limini keltirib chiqaradi. Ushbu o’ziga xos ta’sir etish mexanizmi avvalgi avlodlarga mansub antibiotiklarga va kimyoviy davolash vositalariga plazmidlar ishtirokidagi chidamlilik rivojlanishi imkoniyatini yo’q qiladi.
Enrofloksatsinning gram-musbat bakteriyalar (stafilokokklar, streptokokklar, korinebakteriyalar, klostridiyalar va listeriyalar), gram-manfiy bakteriyalar (ichak tayoqchasi, salmonellalar, klebsiyellalar, protey-lar, iyersiniyalar, gemofil bakteriyalar, pasterellalar, aktinobatsilluslar, psevdomonalar, bordetellalar, brutsellalar, kampilobakteriyalar) va mikoplazmalarga nisbatan antibakterial ta’siri aniqlangan.




