«Mastisan-A» uning tarkibiga kiruvchi, sinergik ta’sir etuvchi mikroblarga qarshi vositalar bilan belgilab berilgan keng doiradagi antibakterial ta’siriga ega. U gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga (stafilokokklar, streptokokklar, proteylar, ichak tayoqchasi, salmonellalar, mikoplazmalar va boshqalar) nisbatan faol ta’sir ko’rsatadi.
Kuchli ifodalangan yallig’lanishga qarshi va yarani tuzatuvchi ta’sirga ega. Tavsiya etilgan dozalarda sezgirlikni oshiruvchi va mahalliy achishtiruvchi, embriotoksik, teratogen va mutagen ta’sir ko’rsatmaydi. Organizmdan sut bilan birgalikda chiqariladi.




