Trivitamiks majmuiy vitaminli preparat bo’lib, unda A (retinol palmitat yoki retinol atsetat), D3 (xolekalsiferol) va E (α-tokoferol atsetat) vitaminlari fiziologik asoslantirilgan nisbatda jamlangan, va hayvonning organizmiga moddalar almashinuvini me’yorga solish, yuqumli kasalliklarga rezistentligini oshirish, serpushtligini yaxshilash va yosh hayvonlarning o’sishini rag’batlantirishda namoyon bo’ladigan sinergik ta’sir ko’rsatadi.
A vitamini organizmning o’sishini tezlashtiradi va uning rezistentligini oshiradi, shuningdek epiteliyning himoyalash funksiyalarini kuchaytiradi va epitelial to’qimalarning regeneratsiyasiga yordam beradi. U jinsiy gormonlarning organizmga ta’siri bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Uning yetishmovchiligi bo’lganda, hayvonlarda ko’rish buzilishlari, kseroftalmiya, yangi tug’ilgan bolalarning kam yashovchanligi, oshqozon- ichak a’zolari va nasl qoldirish a’zolarining shilliq pardalarining kataral yallig’lanishi yuzaga kelishi, shuningdek nasl qoldirish qobiliyati yo’qolishi mumkin.
D3 vitamini organizmda minerallar almashinuvini me’yorga soladi. Uning yetishmovchiligi bo’lganda, hayvonlarda raxit yoki osteomalyatsiya, tetanik tomir tortishish va allotriofagiya kuzatiladi. E vitaminining yetishmovchiligi bo’lganda, hayvonlarda bepushtlik, o’sishining kechikishi, markaziy asab tizimining shikastlanishi (zntsefalomalyatsiya), jigar va mushak to’qimasining aynib buzilishi, shuningdek yog’lar va uglevodlar almashinuvining buzilishi kuzatiladi.




