GLYUKOZA 40%

Glyukoza 5%, 10%, 25% va 40% inyeksiya uchun eritma.

Preparat mexanik aralashmalarsiz rangsiz yoki ochiq-sariq eritma.

Glyukoza 5%, 10%, 25% va 40% eritma 50, 100, 200, 250, 400, 450 va 500 ml dan mahkam yopilgan shishalarda mavjud.

Preparat quruq, yorug’likdan himoyalangan joyda, 0°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatni muzlatishga yo’l qo’yiladi. Muzlatilganda, zich yopilgan holda eritish lozim.Yaroqlilik muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab 2 yil, agar belgilangan saqlash sharoitida saqlansa.

Veterinariya maqsadlari uchun glyukozaning izotonik (5%) va gipertonik (10-40%) eritmalari qo’llanadi. Vena qon tomiriga glyukozaning gipertonik (10-40%) eritmalari kiritilganda, qonning osmotik bosimi oshadi, suyuqliklarning va to’qimalarning qonga oqimi kuchayadi, moddalar almashinuvining jarayonlari kuchayadi, jigarning va antitoksik funktsiyasi va yurakning ishlashi yaxshilanadi, qon tomirlari kengayadi, diurez kuchayadi.

Glyukoza shunigdek hayvonlarning organizmida gormonlar va fermentlarning sintezini rag’batlantiradi, organizmning himoya kuchlarini oshiradi. Glyukozaning izotonik eritmalari organizmni suyuqlik va oson o’zlashuvchan qimmatli ozuqa materiali bilan to’ldirish uchun qo’llanadi.

Glyukoza to’qimalarning ichida energiya ajratilgan holda parchalanadi, u organizmning funksiyalarini kuchaytirish uchun xizmat qiladi.

 

Kasallikning og’irligi darajasiga qarab, preparat og’iz orqali va tomir ichiga kuniga 1-2 marta quyidagi dozalarda kiritiladi:

Hayvonlarnig turlari Hayvonlarning o’rtacha vazni (kg) Dozalar, ml:
Otlar 500 75-300
Yirik qoramol 400 75-350
Mayda shoxli mol 50 25-75
Itlar 12 5-20

Davolash kursi har kuni, kasallik belgilari yo’qolguncha takrorlanadi.

Glyukoza toksik yuqumli kasalliklarda, turli intoksikatsiyalarda (simob, margimush, sinil kislotasi va uning tuzlari, uglerod oksidi va boshqa moddalar bilan zaharlanishda), jigar kasalliklarida (gepatitlar, sirrozlar), o’pka shishlari va gangrenasida, yurak faoliyatining dekompensatsiyalanuvida qo’llanadi.

Glyukoza kavsh qaytaruvchi hayvonlarda intoksikatsiya, gipotoniya, old qorinning atoniyasi holatlari bilan kechgan oshqozon-ichak kasalliklarida, sigirlarda atsetonemiya, tug’ruqdan keyingi gemoglobinuriya, ketonuriya va toksemiya, qo’ylarda ketonuriya holatida qo’llanadi.

Glyukoza eritmalari kuchsiz va holsiz hayvonlarga energetik va parhez vosita sifatida belgilanadi.

Glyukoza eritmalari tavsiya etilgan dozalarda asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q.

Preparat qo’llanganda chorvachilik mahsuloti cheklashsiz oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatiladi.