«Selen + E vitamini» hayvonlar organizmida E vitamini va selen yetishmovchiligini to’ldiradi. E vitamini oksidlanish-tiklanish jarayonlarini sozlaydi va uglevod-yog’lar almashinuviga ta’sir etadi, A va D3 vitaminlarining ta’sir etishini kuchaytiradi. Shuningdek u immunitetning holatiga, organizmning umumiy kurashuvchanligiga, reproduktiv funksiyasiga ta’sir etadi.
Selen E vitaminining samarali ta’sir etishiga ko’p jihatdan yordam beradi, u shuningdek oksidlanish-
tiklanish jarayonlarida ma’lum o’rin tutadi. Organizmga preparatning kiritilishi qonda va boshqa to’qimalarda E vitamini va selen miqdorining tez ortishiga olib keladi.




