Preparatning tarkibiga kiruvchi ketoprofen og’rik bilan kechadigan o’tkir, o’tkirsimon va surunkali yallig’lanishlarni davolash uchun samaralidir. Ketoprofenning ta’sir qilish mexanizmi araxidon kislotasining metabolizmi buzilishi orqali prostaglandinlar (siklooksigenaza-II va qisman siklooksigenaza-I) sintezining yo’q qilinishidan iborat.
Terapevtik dozalarda ketoprofen yallig’lanishga qarshi, og’riqsizlantiruvchi, isitma tushiruvchi va antiendotoksik ta’sir ko’rsatadi. Dori vositasini mushak ichiga kiritishda, ketoprofenning qon plazmasida maksimal konsentratsiyasi 30
daqiqadan keyin qayd etiladi.
Ketoprofenning bioo’zlashuvchanligi, hayvonlarning turiga qarab, 85% dan 100% gacha o’zgarib turadi. Ketoprofen organizmdan asosan buyrak orqali chiqariladi.
Ketoprofol 1% va 10% organizmga ta’sir qilishi darajasiga ko’ra, GOST 12.1.007-76 bo’yicha 4-xavflilik sinfiga kiradi (kam xavfli moddalar); tavsiya etilgan dozalarda organizmga sezgirlikni oshiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi.




