Sigir va yosh sigirlarda jinsiy qochirish davrini moslashtirish. Preparat 2 ml dan ikki marta, 10 kun oralig’i bilan kiritiladi. Preparatning birinchi dozasi jinsiy siklning istalgan bosqichida kiritiladi (sigirlarda tug’ruqdan keyin 40-kundan 60-kungacha). Mayl bosqichi bo’lmaganda, birinchi kiritishdan keyin 11-kuni ikkinchi doza kiritilishi lozim, 14-kuni (ikkinchi kiritishdan keyin 72-76 soat o’tganda) frontal sun’iy urug’lantirish (jinsiy qochirish maylining tashqi belgilaridan qat’i nazar) va 15-kuni takroriy urug’lantirish o’tkaziladi.
Tuxumdonlarning lyuteinli kistalari bo’lgan sigirlarni davolash. Kloprostin bir marta 4 ml dozasida kiritiladi. Davolash unumdorligini oshirish uchun preparat xuddi shunday dozasida gonadotropin SJK 2,5-3,0 ming xalqaro birlik (M.E.) dozasida teri ostiga inyeksiyasi bilan bir vaqtda kiritiladi. Tuxumdonlarning follikulyar kistalari bo’lganda sigirlarga teri ostiga bir marta xorionik gonadotropin 4-5 ming birlik dozasida yoki mushak ichiga Surfagon 5 ml dan uch kun davomida kiritiladi. 10-12 kundan keyin jinsiy mayli kelmagan hayvonlarga Kloprostin 2 ml dozasida inyeksiyasida kiritiladi.
Persistent sariq tanachalari bo’lgan sigirlarga Kloprostin 2 ml dozasida kiritiladi, jinsiy qochirish davrining birinchi belgilari bo’lganda sun’iy rug’lantirish o’tkaziladi. Agar u boshlanmasa, birinchi inyeksiyadan keyin 11-kuni 2 ml preparatni takroriy kiritish, 72-76 soatdan keyin yo’l-yo’riqlarga muvofiq urug’lantirish o’tkaziladi.
Tug’ruqdan keyingi endometrit va bachadon subinvolyutsiyasi bilan kasallangan sigirlarni davolash uchun Kloprostin ikki marta, 10-11 kun oralig’i bilan 2 ml dan kiritiladi, bir vaqtda etiotrop, patogenetik va simptomatik davolash vositalari qo’llanadi.
Cho’chqachalar olib qo’yilganidan keyin 12 kun ichida qochirish davri kelmagan urg’ochi cho’chqalarda tug’ish funksiyasini tiklash uchun, preparat 1 ml dozasida, gonadotrop preparatlaridan biri (SJK hayvonning 1 kg tana vazniga 10 x.b. dozasida va b.) bilan birga kiritiladi. Urg’ochi cho’chqalarda tug’ish davrini moslashtirish va tug’ruqdan keyingi kasalliklarni profilaktika qilish uchun, preparat homiladorlikning 113-114 kunida 0,7 ml dozasida kiritiladi. Tug’ruq ko’p hollarda 24-35 soatdan keyin boshlanadi.
Qo’ylarda bachadon bo’yinchasi ochilmasligini profilaktika qilish va davolash uchun homilador qo’ylarga Kloprostin taxminiy tug’ishidan 15-16 kun avval 2 ml dozasida kiritiladi. Tug’ishdan avval 3-5 kun jinsiy qini chiqib ketganda, preparat yuqoridagi dozasida 2 ml estradiol-dipropionatning 0,1 % moyli eritmasi bilan birga kiritiladi.
Hayvonlarda keraksiz homiladorlikni to’xtatish (ko’rsatma bo’lganda) Kloprostinni 2 ml dozasida kiritish orqali erishiladi.