Ta’siriga ko’ra tabiiy lyuliberinga to’liq o’xshash, ya’ni surfagon kiritilganidan keyin ko’pi bilan 2-3 soat ichida qonga gipofiz gonadotropinlari ajralishini rag’batlantiradi. Qondagi gonadotropinlarning yuqori miqdori preparat kiritilishidan keyin 4-5 soat davomida saqlanib qoladi. Tabiiy lyuliberindan farqli ravishda, surfagonning biologik faolligi 50 baravar yuqoriroq, bu esa ushbu preparatni mikrodozalarda va qisqa kurslar bilan qo’llash imkonini beradi.
SURFAGON ERITMASI
Preparat xlorli natriyning izotonik eritmasidagi surfagonning steril eritmasidir. 1 ml tarkibida 5 yoki 10 mkg surfagon mavjud.
Preparat shisha flakonlarda 1, 2, 5, 10 va 20 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.
Preparat ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha), quruq, yorug’likdan pana joyda, +2°C dan +10°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning ko’rsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – 2 yil.
Jinsiy tsiklning ertaroq boshlanishi uchun. Urg’ochi hayvonlarda (sigirlar va tug’ish yoshidagi qora mollar, qo’ylar, cho’chqalarning urug’lantirilishini oshirish; Tuxumdonlarning gipofunktsiyasini davolash uchun; Tuxumdonlarning folllikulyar kistasida; Sariq tanachaning funktsional faolligini oshirish uchun; Endometrit bilan kasallangan va bachadon involyutsiyasi sekinlashgan sigirlarga;
Hayvonlarni urug’lantirishni tug’ruqdan keyin kamida 45 kun o’tganda o’tkazish lozim. Sigirlarga tug’ruqdan keyin, mushak ichiga 5 ml dozasida bir marotaba kiritiladi. Endometrit bilan kasallangan va bachadon involyutsiyasi sekinlashgan sigirlarga, tug’ruqdan keyin 8-10 kuni surfagon 5 ml dozasida bir marotaba, tug’ruqdan keyin 18-20 kuni esa, bachadonning holatidan qat’i nazar, estrofan yoki kloprostin qo’llanilishi lozim. Qo’ylarning urug’lantirilishini oshirish uchun, bir martta, 1,2-1,5 ml dozasida kiritiladi. Ilk embrion o’limining oldini olishda, surfagon sariq tanachaning funktsional faolligini oshirish uchun urug’lantirishdan keyin 8-12 kunida, bir martta 5 ml dozasida kiritiladi.
Tavsiya etilgan dozalarida qo’llanishidan keyin biror-bir nojo’ya holatlar va asoratlar aniqlanmagan.
Preparat qo’llanganda olingan qishloq xo’jalik hayvonlarining go’shti va suti cheklashsiz ishlatiladi.




