«YAM» malhami akaritsid va fungitsid faol ta’siriga ega, antatsid, antiseptik, keratolitik, bog’lovchi ta’sir ko’rsatadi.
Preparat issiq qonli hayvonlar uchun kam zaharli. Achishtiruvchi va sezgirlikni oshiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi.
Kul rangdan jigar ranggacha har xil tusdagi, pastasimon konsistensiyadagi, o’ziga xos hidli malham.
Preparat shisha bankalarda yoki polimer idishlarda 25-1000g dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.
Preparat zich yopilgan idishda, quruq, yorug’likdan pana joyda, 0°C dan +30°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning ko’rsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 1 yil.
«YAM» malhami akaritsid va fungitsid faol ta’siriga ega, antatsid, antiseptik, keratolitik, bog’lovchi ta’sir ko’rsatadi.
Preparat issiq qonli hayvonlar uchun kam zaharli. Achishtiruvchi va sezgirlikni oshiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi.
Malham kuniga 1-2 marta, terining shikastlangan joyiga va uning atrofiga 2-4 sm masofagacha yupqa qatlam qilib surtib qo’llanadi, avvaldan jun qirqilmaydi va qo’tirlari tozalanmaydi. Bunda malham ishlov beriladigan teri yuzasiga sal ishqalab surtiladi. Preparat qo’tirlar ajralmaguncha, 4-5 kun davomida qo’llanadi. Agar qo’tirlar ajralmasa, malhamni qo’llash davom etadi. Odatda 7-10 kundan keyin shikastlangan teri joylari qo’tirlardan tozalanadi, va ularda jun o’sa boshlaydi.
Ishlov berishdan 10 kun o’tganda terining shikastlangan joylaridan qirindilarning nazorat mikroskopik tekshiruvlari o’tkaziladi. Kasallik qo’zg’atuvchilari aniqlanganda davolash takrorlanadi.
«YAM» malhami trixofitiyalar va sarkoptoid va psoroptoid kanalari keltirib chiqargan teri kasalliklarini (ekzemalar, dermatitlar) davolash uchun qo’llanadi.
Nojo’ya ta’siri yo’q.
MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud emas.
Preparat qo’llanganda hayvonlarni go’sht uchun so’yish va chorvachilik mahsulotlarini oziq-ovqat maqsadida ishlatish cheklashsiz amalga oshiriladi.