METSALBEN 700

Keng doirada ta’sir ko’rsatuvchi antigelmint modda bo’lib, gelmintlarning yetilgan va lichinka shakillarining o’limiga olib keladi. U asosan uglevod almashinuvini buzadi, hamda ovotsid ta’siriga ega. Tavsiya etilgan dozalarda hayvonlarga salbiy ta’sir etmaydi.

Yirik shoxli hayvonlar, qo’ylar, echkilar, cho’chqalar, otlarning ichki organlaridagi gelmint(gijja-lichinka)larning yetilgan va yetilmagan hamda ularning tuxumlariga qarshi va gelmintoz kasalliklarida davolash uchun qo’llaniladi.

Hayvonlarning tana vazniga hisoblab, quyidagi dozalarda og’iz orqali beriladi.

yirik shoxli hayvonlar – 80 - 120kg - 1 tabletka

qo’ylar, echkilar – 50-60kg - 0,5 tabletka

cho’chqalar – 60 kg -1 tabletka

otlar – 70-90 kg 1 tabletka

Hayvonlarning o’tkir fatsiolyozida, qochirish davrida, kasal, holsiz, xamda qo’y echkilar va cho’chqalar uchun homiladorligining birinchi yarmisida, sigir va otlar uchun homiladorligining  birinchi uchdan bir qismida ruxsat etilmaydi.

Preparatni qo’llagandan keyin go’sht uchun so’yish 14 kun, sut istemoli uchun 4 kun kutish lozim.