Hayvonlar preparatning terapevtik dozalarini yaxshi ko’taradi. Levamizolga yuqori individual sezgirlik bo’lganda, ba’zi hayvonlarda qo’zg’aluvchanlik, so’lak oqishining kuchayishi, ich ketishi va tez-tez siyish, ataksiya kuzatiladi. Ushbu belgilar, odatda, o’z-o’zidan, terapevtik dorilar qo’llanmagan holda o’tib ketadi. Levamizol bilan zaharlanishda zaharni kesuvchi vosita atropinni, qo’llanishi bo’yicha yo’riqnomaga muvofiq qo’llash lozim.
MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparat bilan gelmintsizlashtirilmaydi:
- kuchsizlangan, holsiz, yuqumli kasalliklarga uchragan hayvonlar;
- jigar va buyrak kasalliklariga uchragan hayvonlar;
- urg’ochilar, homiladorlikning oxirgi uchdan bir qismida va tuqqanidan keyin 2 hafta davomida;
- vazni 10 kg dan oshmagan yosh hayvonlar.
Bundan tashqari, preparatni fosfororganik preparatlar, pirantel, morantel, fenotiazin, levomitsetin (xloramfenikol) qo’llanishidan avval va keyin 10 kun davomida qo’llash mumkin emas.
MAHSUS KO’RSATMALAR: Yoppasiga gelmintsizlashtirishdan avval har bir preparat partiyasi hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. 3 sutka davomida asoratlar bo’lmaganda, barcha mollarga dori berish boshlanadi.