Preparatning ta’sir etish mexanizmi fumaratreduktaza ta’sirini bosishda, hujayra membranalari o’tkazuvchanligi va nerv-mushak innervatsiyasi buzilishidan iborat, bu esa gelmintlarning falajiga va o’limiga olib keladi.
Preparat issiq qonli hayvonlar uchun kam zaharli (oq sichqonlar uchun LD50 og’iz orqali ichilganda 2650 mg/kg ni tashkil etadi). Tavsiya etilgan dozalarda mahaliy achishtiruvchi, embriotoksik, teratogen va sezgirlikni oshiruvchi xususiyatlariga ega emas.




