Makroprim kontsentrat – majmuaviy antibakterial preparat bo’lib, gram-manfiy (E. coli, Klebsiella spp., Salmonella spp., Proteus spp., Campylobacter spp., Pseudomonas aeruginosa, Bordetella spp., Pasteurella spp., Haemophilus spp., Actinobacillus spp., Brucella spp.) va gram-musbat bakteriyalar (Staphylococcus spp., Streptococcus spp., Listeria monocytogenes, Erysipelothrix suis), mikoplazmalar, xlamidiyalar, eymeriyalarga nisbatan bakteriyalarni qiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Viruslar va zamburug’lar preparatga sezgir emas.
Preparatning betakror tarkibi preparatning mikoplazmali, bakterial va aralash yuqumli kasalliklarga nisbatan faolligining keng doirasini ta’minlaydi. Tilozin, sezgir mikroorganizmlarning 50S ribosomali subbirligi bilan birikib, ribosoma bilan bog’lanish uchastkasini tRNK (peptidil-t-RNK) bloklaydi, bu esa aminokislotalarning birikish jarayonini va peptidlar zanjirining o’sishini buzadi.
Sulfamerazin va trimetoprim digidrofoliyli kislotaning sintezini bloklash yo’li bilan, purinli va pirimidinli nukleotidlarning sintezini buzadi. Kolistin sitoplazmatik membrananing fosfolipid komponentlarini bloklaydi, uning tarkibiy tuzilmasini buzadi va bakteriyalarning lizis holatini keltirib chiqaradi.
Preparatning ta’sir etuvchi moddalari, kolistin sulfatdan tashqari, oshqozon-ichak tizimdan yaxshi so’riladi, barcha a’zolarga va to’qimalarga kirib o’zlashadi. Terapevtik miqdori 12 soat davomida tutib turiladi. Preparat organizmdan siydik va najas bilan chiqariladi.




