Enrofloksatsinning ta’sir ko’rsatish mexanizmi uning mikroorganizmlarda olma kislotasining biosintezini ingibirlaydigan DNK-giraza fermentiga ta’sir etishidan iborat.
Preparatning gram-musbat bakteriyalar (stafilokokklar, streptokokklar, korinebakteriyalar, klostridiyalar va listeriyalar), gram-manfiy bakteriyalar (ichak tayoqchasi, salmonellalar, klebsiyellalar, proteylar, iyersiniyalar, gemofil bakteriyalar, pasterellalar, aktinobatsilluslar, psevdomonalar, bordetellalar, brutsellalar, kampilobakteriyalar), shuningdek mikoplazmalarga nisbatan antibakterial ta’siri aniqlangan.
Enrofloksatsin oshqozon-ichak tizimidan oson va tez so’riladi, va organizmning barcha a’zolari va to’qimalarga kirib o’zlashadi. Qondagi maksimal konsentratsiya miqdoriga preparatni kiritishdan keyin 0,5-1 soat o’tganda erishiladi va 4-6 soat davomida, davolaydigan konsentratsiyasi esa qonda 24 soat davomida saqlanadi.
Preparat organizmda amalda biotransformatsiyaga uchramaydi va o’zgarmagan holda, asosan siydik bilan va o’t bilan chiqariladi.




