Malhamning tarkibiga kiruvchi streptotsid mikroblarga qarshi va bakteriostatik ta’siriga ega bo’lib, sekretsiya va ekssudatsiya jarayonlari kamayishiga, jarohatlangan to’qimalarning regeneratsiyasi jarayonining tezlashuviga yordam beradi.
STREPTOTSID MALHAMI 10%
100 g malhamda 10 g streptotsid mavjud.
Malham oq rangdan sariq-jigar ranggacha, bir jinsli quyuq, kuchsiz aromatik hidli massadan iborat.
Preparat polimer idishlarga 100 – 1000 g dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.
Malham quruq, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – 4 yil.
Malham yara tuzalguncha kuniga 1-2 marta bevosita jarohatlangan joyga yupqa qatlam qilib surtiladi yoki doka bog’lamaga surtib qo’yiladi.
Malham qishloq xo’jalik hayvonlarida yaralar, chuqur yaralar, kuyishlar, emchak yorilishlarini davolash uchun tashqi ravishda qo’llanadi.
Malham asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi.
MAN ETILGAN HOLATLAR: Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q.
Malham qo’llanganda, hayvonlarni go’sht uchun so’yish va sutni oziq-ovqat maqsadlarida ishlatish cheklanishsiz amalga oshiriladi.




