Preparat, faol yod borligi tufayli, spora hosil qilmaydigan mikroblar (mikobakteriyalardan tashqari), viruslar, zamburug’larga nisbatan keng ko’lamli ta’siriga ega. Preparat o’rtacha zaharli birikmalar guruhiga mansub. Eritmalari achishtiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi, metallar korroziyasini keltirib chiqarmaydi.
«Polimer-yod 10%» preparati GOST 12.1.007 – 76 ga muvofiq, oshqozonga kiritilganda o’tkir zaharliligi ko’rsatkichlari bo’yicha o’rtacha xavfli moddalarning 3-sinfiga, va teriga tekkanda – kam xavli moddalarning 4-sinfiga kiradi, teri qoplamlariga nisbatan mahalliy achishtiruvchi va sezgirlikni oshiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi, shilliq pardalarining o’rtacha achishishini keltirib chiqaradi.
Preparatning bug’lari to’yingan konsentratsiyalarida o’rtacha xavfli hisoblanadi.




