KLOPROSTIN

Preparatning ta’sir etuvchi moddasi kloprostenol – prostaglandin F2a ga o’xshash sintetik moddadir. Tashqi ko’rinishiga ko’ra preparat shaffof rangsiz eritmadan iborat.

Preparat 1 ml eritmaning tarkibida 0,25 mg kloprostenol bo’lgan, inyeksiyalar uchun shaffof rangsiz eritma shaklida, flakonlarda 10, 20 va 50 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

Preparat ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha), quruq, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning ko’rsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 18 oy.

Category:

Kloprostenol tuxumdon sariq tanachasiga lyuteolitik (tarqatuvchi) ta’sir ko’rsatadi, progesteronning gipotalamus-gipofiz majmuasiga tormozlovchi ta’sirini yo’qotadi, bu esa tuxumdonlarda follikullar o’sishi, qonda estrogenlar darajasining ortishi, qochirish davri namoyon bo’lishi, va yetilgan follikullarning keyingi ovulyatsiyasiga olib keladi. Preparatni kiritishdan qochirish davrining birinchi belgilarigacha bo’lgan muddat 48-72 soatni tashkil etadi.

Preparat bachadonning qisqarish funksiyasini kuchaytiradi va faqat tuxumdonlarda faol ishlaydigan sariq tanachalar bo’lganda biologik ta’sir ko’rsatadi.

Sigir va yosh sigirlarda jinsiy qochirish davrini moslashtirish. Preparat 2 ml dan ikki marta, 10 kun oralig’i bilan kiritiladi. Preparatning birinchi dozasi jinsiy siklning istalgan bosqichida kiritiladi (sigirlarda tug’ruqdan keyin 40-kundan 60-kungacha). Mayl bosqichi bo’lmaganda, birinchi kiritishdan keyin 11-kuni ikkinchi doza kiritilishi lozim, 14-kuni (ikkinchi kiritishdan keyin 72-76 soat o’tganda) frontal sun’iy urug’lantirish (jinsiy qochirish maylining tashqi belgilaridan qat’i nazar) va 15-kuni takroriy urug’lantirish o’tkaziladi.

Tuxumdonlarning lyuteinli kistalari bo’lgan sigirlarni davolash. Kloprostin bir marta 4 ml dozasida kiritiladi. Davolash unumdorligini oshirish uchun preparat xuddi shunday dozasida gonadotropin SJK 2,5-3,0 ming xalqaro birlik (M.E.) dozasida teri ostiga inyeksiyasi bilan bir vaqtda kiritiladi. Tuxumdonlarning follikulyar kistalari bo’lganda sigirlarga teri ostiga bir marta xorionik gonadotropin 4-5 ming birlik dozasida yoki mushak ichiga Surfagon 5 ml dan uch kun davomida kiritiladi. 10-12 kundan keyin jinsiy mayli kelmagan hayvonlarga Kloprostin 2 ml dozasida inyeksiyasida kiritiladi.

Persistent sariq tanachalari bo’lgan sigirlarga Kloprostin 2 ml dozasida kiritiladi, jinsiy qochirish davrining birinchi belgilari bo’lganda sun’iy rug’lantirish o’tkaziladi. Agar u boshlanmasa, birinchi inyeksiyadan keyin 11-kuni 2 ml preparatni takroriy kiritish, 72-76 soatdan keyin yo’l-yo’riqlarga muvofiq urug’lantirish o’tkaziladi.

Tug’ruqdan keyingi endometrit va bachadon subinvolyutsiyasi bilan kasallangan sigirlarni davolash uchun Kloprostin ikki marta, 10-11 kun oralig’i bilan 2 ml dan kiritiladi, bir vaqtda etiotrop, patogenetik va simptomatik davolash vositalari qo’llanadi.

Cho’chqachalar olib qo’yilganidan keyin 12 kun ichida qochirish davri kelmagan urg’ochi cho’chqalarda tug’ish funksiyasini tiklash uchun, preparat 1 ml dozasida, gonadotrop preparatlaridan biri (SJK hayvonning 1 kg tana vazniga 10 x.b. dozasida va b.) bilan birga kiritiladi. Urg’ochi cho’chqalarda tug’ish davrini moslashtirish va tug’ruqdan keyingi kasalliklarni profilaktika qilish uchun, preparat homiladorlikning 113-114 kunida 0,7 ml dozasida kiritiladi. Tug’ruq ko’p hollarda 24-35 soatdan keyin boshlanadi.

Qo’ylarda bachadon bo’yinchasi ochilmasligini profilaktika qilish va davolash uchun homilador qo’ylarga Kloprostin taxminiy tug’ishidan 15-16 kun avval 2 ml dozasida kiritiladi. Tug’ishdan avval 3-5 kun jinsiy qini chiqib ketganda, preparat yuqoridagi dozasida 2 ml estradiol-dipropionatning 0,1 % moyli eritmasi bilan birga kiritiladi.

Hayvonlarda keraksiz homiladorlikni to’xtatish (ko’rsatma bo’lganda) Kloprostinni 2 ml dozasida kiritish orqali erishiladi.

Kloprostin sigir va yosh sigirlarda jinsiy qochirish davrini moslashtirish; lyuteinli va follikulyar kistalari, persistent sariq tanachalari, bachadon subinvolyutsiyasi va endometritlari bo’lgan sigirlarni davolash; cho’chqalarda tuxumdonlarning funksional buzilishlarini davolash va profilaktika qilish, tug’ruqlarni rag’batlantirish va muddatini moslashtirish; qo’ylarda bachadon bo’yinchasi ochilmasligini davolash; hayvonlarda homiladorlikni to’xtatish uchun (ko’rsatma bo’lganda) mushak ichiga qo’llanadi.

Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda, nojo’ya holatlar kuzatilmaydi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: Kloprostin homilador hayvonlarga qo’llanishi mumkin emas, chunki u homila tushishini keltirib chiqaradi.

Preparat kiritilganidan keyin 48 soat ichida hayvonlarni go’sht uchun so’yish taqiqlanadi. Belgilangan muddatidan avval majburan so’yilgan hayvonlarning go’shti yem maqsadlarida ishlatilishi mumkin. Ishlov berilgan hayvonlarning suti cheklashsiz ishlatiladi.