MARRAQULOQ (CHEMERITSA) DAMLAMASI

«Maralquloq» damlamasi (Tinctura veratri) – maralquloq ilddizlarining ta’sir etuvchi moddasi etil spirti bilan eritib olingan. Asosiy ta’sir etuvchi moddasi alkaloid protoveratrin hisoblanadi.

Preparat qizg’ish-to’q sarg’ish rangli, o’ziga xos hidli bir jinsli shaffof suyuqlikdan iborat.

«Maralquloq» damlamasi sarg’ish shisha yoki plastik flakonlarga 100, 200, 250, 500 va 1000 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi. Belgilangan tartibda kelishilgan va preparatning saqlanishi va sifatini ta’minlaydigan boshqa qadoqlanish usullariga ruxsat etiladi.

Preparatni ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha) quruq, to’g’ri quyosh nurlari ta’siridan pana joyda, bolala yeta olmagan joyda, +30°C dan oshmagan haroratda saqlash lozim. Preparatning ko’rsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 3 yil.

Category:

Maralquloq damlamasi kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozoni motorikasi va sekretsiyasini reflektor tarzda kuchaytiradi. Maralquloq damlamasi og’iz orqali ichilganda shilliq pardalarni achishtiradi va kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozoni motorikasi va sekretsiyasini reflektor tarzda kuchaytiradi, itlar va cho’chqalarda esa qusishni qo’zg’atadi.

Maralquloq damlamasi kavsh qaytaruvchi hayvonlarga tomir ichiga kiritilganda, 5-10 daqiqadan keyin old oshqozonlarning qisqarish funksiyasi tiklanadi va kuchayadi, kekirish va kavsh qaytarish paydo bo’ladi.

Preparat quyidagi dozalarda belgilanadi:

- yirik qoramolga 100 kg tana vazniga 2-2,5 ml;
- qo’ylarga va echkilarga 10 kg tana vazniga 0,7-0,8 ml;
- cho’chqalarga bitta hayvonga 1-2 ml (bir marta);
- itlarga bitta hayvonga 0,5-2 ml (bir marta).

Dozaning hajmi hayvonning tana vazniga va kasallikning kechishi og’irligiga bog’liq bo’ladi. Maralquloq damlamasi tomir ichiga yirik qoramolga qizilo’ngach tiqilib qoganda, old oshqozonlarning atoniyasi va gipotoniyasi, katta qorin mushaklari parezlari, katta qorinning surunkali timpaniyasida kiritiladi. Tomir ichiga dozasi bitta hayvonga bir marta 2-3 ml ni tashkil etadi.

Maralquloq damlamasi og’iz orqali ichish uchun:

  • kavsh qaytaruvchi hayvonlarga old oshqozonlarning surunkali atoniyasida, katta qorin timpaniyasida kavsh qaytarishni tiklash uchun;
  • cho’chqalarga va itlarga – qusish vositasi sifatida qo’llaniladi.

Maralquloq damlamasi ko’rsatilgan qo’llash shartlari va dozalariga rioya qilinganda nojo’ya ta’sir keltirib chiqarmaydi. O’ta ko’p doza berilganda maralquloq bilan kuchli zaharlanish yuzaga keladi. Bu holatlarda teri ostiga atropin sulfatning 1% eritmasi tavsiya etilgan dozalarida kiritiladi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparatga yuqori sezgirlik.

MAHSUS KO’RSATMALAR: Preparatni tomir ichiga kiritish juda ehtiyotlik bilan bajarilishi lozim, chunki hayvonning kuchli qo’zg’alishi yuzaga kelishi, homila tushib qolishi va hatto o’limga olib kelishi mumkin.

Maralquloq damlamasi qo’llangan hayvonlardan olingan go’sht va sut cheklashlarsiz ishlatiladi.