Preparatning tarkibiga kiruvchi peroksidlar, YUFM va organik kislotalar ko’pchilik patogen bakteriyalarning hujayralariga, zamburug’lar va viruslarga kuchli oksidlovchi ta’sir etib, ularning qirilishiga olib keladi.
Virkotsid trixofitiya, brutsellyoz, yolin, shuningdek stafilokokklar, streptokokklar, ichak tayoqchasi, pasterellalar, salmonellalar, gemofillalar keltirib chiqaradigan kasalliklarda samarali ta’sir etadi.
Virkotsid yuqumli rinotraxeit, hayvonlar ich ketishi, respirator-sintitsial yuqumli kasalliklari, cho’chqalarning an’anaviy vabosi, reproduktiv-respirator sindrom viruslariga, korona va enteroviruslarga, Nyukasl va Gamboro kasalligi viruslariga, yuqumli bronxit, yuqumli gepatit, norkalarning aleut kasalligi va mo’ynali hayvonlarning boshqa kasalliklari qo’zg’atuvchilariga, shuningdek qo’zg’atuvchilari oksidlovchi moddalar ta’siriga sezgir bo’lgan barcha yuqumli kasalliklarda (mikobakteriyalar va spora hosil qiluvchi bakteriyalardan tashqari) zararsizlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
Virkotsid, GOST 12.1.007-76 ga muvofiq, III xavflilik sinfiga kiradi (o’rtacha xavfli moddalar). Preparatning ish eritmalari zaharliligiga ko’ra IV xavflilik sinfiga kiradi (kam xavfli moddalar). Preparat metallarning korroziyasiga olib kelmaydi, matolarni rangsizlantirmaydi, nafas olish yo’llarini achishtirmaydi, ekologik xavfsiz – qo’llashdan keyin to’liq parchalanadi.




