Ivermektin gamma-aminomoy kislotasining tormozlash neyromediatorini ishlab chiqarishni kuchaytiradi, bu parazitlarning nerv impulslarini uzatish buzilishiga, falajiga va o’limiga olib keladi.
Preparat kiritish joyidan tez so’riladi, hayvonning a’zolari va to’qimalarida taqsimlanadi, 10-14 kun davomida parazitni qiruvchi ta’sirini ta’minlaydi.
Ivermektin issiq qonli hayvonlar uchun tavsiya etilgan dozalarida kam zaharli, va sensibilirlovchi, embriotoksik, teratogen va mutagen ta’sir ko’rsatmaydi. Ivermektin organizmdan siydik va o’t bilan, sut emizayotgan hayvonlarda shuningdek sut bilan chiqariladi.




