IXGLYUKOVIT

Preparat to’q jigar rangli, ixtiolning o’ziga xos hidi bo’lgan, chayqatganda ko’pik hosil qiluvchi bir jinsli moyli suyuqlikdan iborat. Idishning devorlarida yengil, chayqatishda parchalanadigan cho’kma bo’lishiga yo’l qo’yiladi.

Tarkibi: Uning tarkibiga ixtiol, glyukoza, askorbin kislotasi va suv kiradi.

Qadoqlanishi: 100 ml. li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

Saqlash sharoiti: Preparat quruq, qorong’i joyda, +5°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi.

Yaroqlilik muddati: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1 yil.

Category:

Antiseptik, parazitlarga qarshi, yallig’lanishga qarshi, og’riq qoldiruvchi va qon to’xtatuvchi ta’siriga ega, tug’ruqdan keyin bachadon involyutsiyasini rag’batlantiradi, bachadon va sut bezining shikastlangan to’qimalari regeneratsiyalanishiga ko’maklashadi.

Sigirlarda tug’ruqdan keyingi endometritlarni, mastitlarni, hayvonlarida telyazioz, oshqozon-ichak tizimining yallig’lanishi va bachadon tiklanishida profilaktika qilish va davolash uchun qo’llanadi.

Tug’ruqdan keyingi bachadon subinvolyutsiyasi, endometritlarni, mastitlarni profilaktika qilish uchun, 100 kg tana vazniga 10 ml, 2 marta mushak ichiga yoki tos bo’shlig’ining to’qimalararo joyiga tug’ruqdan keyin 2 kun kiritiladi. 48 soatdan keyin yana takrorlanadi. Kasallikning og’ir kechishida preparatni antibiotiklar va boshqa vositalar bilan birga qo’llash tavsiya etiladi.

Oshqozon-ichak buzilishlari bo’lgan buzoqlarni davolash uchun: 1 kg tana vazniga 1,5 (0,5) ml dozasida, sutkasiga 2-3 marta, 3-4 kun ketma-ket og’iz orqali ichib, yoki tomir ichiga - 10 kg tana vazniga 1 ml dozasida, sutkasiga 1 marta, 2-3 kun ketma-ket qo’llanadi.

Telyazioz kasalligida (ko’z qorchg’iga oq tushishi) 5-10 ml dozasida, sprintsovka yordamida uchinchi qovog’i orqasiga va kon’yunktival qopcha ichiga, hayvonning boshini chetga va pastga sal egib, kiritiladi. Davolash kursi - 2-3 kun oralig’i bilan 2-3 marta kiritish.

Qo’llanishidan keyin nojo’ya holatlar va asoratlar aniqlanmagan.

Go’sht uchun 10 kun. Preparat bilan davolangan sigirlar yelinining sog’lom qismidan sut cheklashsiz ishlatilishi mumkin.