Preparat og’iz orqali ichish uchun, bir marotaba, individual tarzda, doza beruvchi to’pponcha yoki boshqa doza berish moslamalari yordamida, yoki yem bilan aralashtirib beriladi.
Yirik qoramolga: nematodozlarda va dikrotseliozda «Metsalben 2,5%» suspenziyasi hayvonning 10 kg tana vazniga 3 ml dozasida, «Metsalben 10%» suspenziyasi - hayvonning 40 kg tana vazniga 3 ml dozasida qo’llanadi; fastsiolyozda «Metsalben 2,5%» suspenziyasi hayvonning 10 kg tana vazniga 4 ml dozasida, «Metsalben 10%» suspenziyasi - hayvonning 40 kg tana vazniga 4 ml dozasida qo’llanadi.
Mayda shoxli molga: nematodozlarda, dikrotseliozda, moniyeziozda «Metsalben 2,5%» suspenziyasi hayvonning 10 kg tana vazniga 2 ml dozasida, «Metsalben 10%» suspenziyasi - hayvonning 40 kg tana vazniga 2 ml dozasida qo’llanadi; fastsiolyozda, mos holda, hayvonning 10 kg tana vazniga 3 ml dozasida, va 40 kg tana vazniga 3 ml dozasida qo’llanadi.
Otlarga: paraskaridoz, strongilyatoz, alfortioz, delafondioz, anoplotsefalyoz va siatostomozlarda «Metsalben 10%» suspenziyasi hayvonning 100 kg tana vazniga 7,5 ml dozasida qo’llanadi.
Cho’chqalarga: «Metsalben 2,5%» suspenziyasi hayvonning 10 kg tana vazniga 2-4 ml dozasida, «Metsalben 10%» suspenziyasi - hayvonning 40 kg tana vazniga 2-4 ml dozasida qo’llanadi. Qo’llashdan avval suspenziyani yaxshilab chayqatish lozim.