Imisan mazkur qo’llanmaga muvofiq tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda, hayvonlarda nojo’ya ta’siri va asoratlari kuzatilmaydi. Kam hollarda kiritilgan joyida giperemiya yoki og’riqli shishib ketish shaklidagi mahalliy reaktsiya bo’lishi mumkin, u 1 -2 sutkadan keyin yo’qoladi. Takroriy kiritishda qon bosimi pasayishi, preparatning dozasi oshib ketganda esa bradikardiya, nafas olish tezlashishi va buzilishi, anoreksiya, tremor kuzatilishi mumkin.
Hayvonning preparatga yuqori individual sezgirligida asoratlar rivojlanishi belgilari bo’lishi mumkin (holsiz holati, notinchik, ko’p so’lak oqishi, ko’z yoshi oqishi, ter ajralishi, mushaklar titrashi, tez-tez siyish va ich ketishi), bu hollarda teri ostiga 1 % atropin eritmasi belgilanadi. Qon parazitlari ommaviy qirilganda va eritrotsitlar parchalanganda hayvonlarda intoksikatsiya rivojlanishi mumkin. Bu holda elektrolitlar eritmalarini tomir ichiga quyish va simptomatik davolashni o’z ichiga oluvchi intensiv davolash o’tkazilishi lozim.
MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparat teri ostiga yoki tomir ichiga qo’llanmaydi (itlardan tashqari). Preparatni babezioz yoki anaplazmozga qarshi tirik vaktsina bilan vaktsinatsiya qilishdan keyin 4 hafta ichida qo’llash taqiqlanadi. Xlororganik va fosfororganik preparatlar, shuningdek xolinesteraza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo’llash taqiqlanadi.
MAHSUS KO’RSATMALAR: Preparatni qo’ylarga va itlarga kiritish uchun 0,1 ml bo’limli shkalasi bo’lgan shpritslardan foydalanish lozim. Itlar inyeksiyadan keyin 15 daqiqa mobaynida veterinar shifokorning nazoratida bo’lishi kerak. Preparat qo’llanishi bilan bir vaqtda itlarga antigistamin vositalarining qo’laniishi tavsiya etiladi.
Agar eritmaning hisoblangan hajmi 10 ml dan ortiq bo’lsa, og’riq bo’lmasligi uchun uni hayvonning ikki-uchta joyiga kiritish lozim. Hayvonlarga «Imisan» bilan ishlov berishni veterinar shifokor yoki veterinar feldsher o’tkazishi lozim. Yoppasiga ishlov berishdan avval preparatning har bir seriyasi hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkazilishi lozim. 3 sutka ichida asoratlar bo’lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi.