Buparvakon ham shizontlar bosqichidagi, ham piroplazmalar bosqichidagi teyleriyalarga nisbatan faol ta’sir etadi.
Buparvakonning ta’sir etish mexanizmi hozirgi paytda to’liq aniq-lanmagan. U taxminan teyleriyalarning mitoxondriyalarida elektronlar ko’chishi mexanizmini izdan chiqaradi. Buparvakonni qo’llash hujayralar tuzilmalari darajasida parazitlarning sitoplazmasida kuchayib boruvchi vakuollashuvga olib keladi, vaqt o’tishi bilan bu parazitning tashqi membranalari va yadroviy membranalari tuzilmasining buzilishiga olib keladi. Shu bilan birga, buparvakon teyleriyalar parazitlik qiluvchi hujayralarning hujayra ichidagi tuzilmalarini (shu jumladan mitoxondriyalarni) shikastlamaydi.
Mushak ichiga kiritilganda preparat to’qimalarda uzoq saqlanadi. Buparvakvonning yarim chiqarilish davri – 7 kunga yaqin.



