Preparat neytral asab tizimini, ayniqsa bosh miya po’stlog’ini, uzunchoq miyani va kamroq darajada – orqa miyani qo’zg’atadi. Uzunchoq miyada u nafas olish va harakatlanish markazlarini qo’zg’atadi, bu nafas olish harakatlarining tezlashuviga va chuqurlashuviga, hamda o’pkani shamollatish yaxshilanuviga olib keladi.
Natriy kofein-benzoat ta’sirida, tomir harakat markazining qo’zg’alishi va bevosita yurakka ta’sir etishi tufayli, arterial qon bosimi ortadi. Uning ta’siri ostida qorin a’zolari va teri qon tomirlari torayadi hamda yurak, miya va buyrak qon tomirlari kengayadi, bu ham qon bosimining ortishiga yordam beradi.
Natriy kofein-benzoat yurak ishlashini qo’zg’atadi, shu sababli yurak qisqarishlarining mutlaq kuchi ortadi, yurak mushak to’qimasining qo’zg’aluvchanligi yuqorilashadi. Kofein suv va azot almashinuvini oshiradi, atsidozni yo’qotadi, ko’ndalang-yo’l-yo’l mushaklari ishlash qobiliyatini oshiradi. U oshqozon- ichak a’zolarining harakat funksiyasini, asosan, sayyor nervning qo’zg’alishi va moddalar almashinuvi jarayonlarining yaxshilanishi hisobiga kuchaytiradi.
Natriy kofein-benzoat bilan zaharlanganda yurak tomonidan alomatlar (tomir urishining sekinlashuvi yoki tezlashuvi, aritmiya), reflektor qo’zg’aluvchanliknng ortishi, sanchiq-tonusli tomir tortishish, skelet mushaklarining tonusi ortishi kuzatiladi.




